"Barselona" o`z darvozaboniga o`rinbosar topdi

16:28, 25 aprel

“Barselona” jamoasi “Lester” klubi darvozaboni Kasper Shmeyxelga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda isport.ua nashri xabar bermoqda

Katalon klubi Shmeyxelning transferi uchun 20 million evrodan voz kechishga tayyor. Rahbariyat daniyalik futbolchini zaxirada o`tirib qolgan Mark Andre ter-Shtegenga o`rinbosar sifatida ko`rmoqda.

Ta`kildash kerakki, Kasperning "tulkilar" bilan shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar mo`ljallangan.

Joriy mavsumda Shmeyxel Angliya chempionatining barcha o`yinlarida maydonga tushib, 15 ta uchrashuvda o`z darvozasini dahlsiz saqlagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!