Milliy kinologiya markazidagi itlarga valyutalarni izlab topish o`rgatilmoqda

16:40, 25 aprel

Kontrabanda va bojxona qoidabuzilishlariga qarshi kurashishda smarali vositalardan biri bu shubhasiz kinologiya xizmatidir. 

Joriy yilda tashkil qilinganiga 20 yil to`lgan Davlat bojxona qo`mitasining Milliy kinologiya markazi Markaziy Osiyo mintaqasida mazkur yo`nalishdagi yagona halqaro o`quv maskani hisoblanadi.

Markazda itlarni o`rgatish bo`yicha 6 spesifikasiya mavjud. Narkotik va portlovchi moddalarni, qurol va o`q-dorilarni izlab topish, izlash-qutqarish, himoya qilish-qorovullik va izlarni qidirish xizmati, «Antiterror» xizmati. Shuningdek, «itbop» ixtisosliklar ro`yxatiga pul kupyuralari (valyutalar)ni izlashni kiritish ustida ishlar olib borilmoqda.

Markazda doimiy ravishda turli modullar ishlab chiqiladi, kinologlar va xizmat itlari bilan o`tkaziladigan amaliy mashg`ulotlar uchun videobaza yaratiladi. Bu erda maxsus trenajyorlar va sinfxonalar qurilgan hamda jihozlangan, qariyb 600 kv.metr maydonga ega bo`lgan usti yopiq o`quv–dressirovkalash paviloni qurilgan. Usti ochiq o`quv – dressirovkalash majmuasi, yuk va engil avtomashinalar, avtobuslar, temir yo`l vagoni, samolyot va teploxodning o`quv maketlari qo`yilgan maydonchalar, shuningdek o`xshatib qurilgan aeromajmua mavjud.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!