OAV: Fransiyadagi otishma chog`ida 2 kishi halok bo`ldi

16:45, 25 aprel

Fransiyaning Grenobl shahridagi boshlang`ich maktablardan biri oldida otishma yuz berdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. 

Otishma oqibatida ikki kishi halok bo`ldi, yana bir kishi og`ir jarohatlandi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, otishma bugun kunduzi mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da yuz bergan. Yaralanganlardan biri shu zahotiyoq, ikkinchisi esa birozdan so`ng vafot etgan.

Mahalliy polisiya vakillari otishma yuz bergan hududni o`rab olgan. dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, otishma mahalliy jinoiy to`dalarning o`zaro kelishmovchiligi oqibatida kelib chiqqan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!