Britaniyada tibbiyot xodimlari isyon ko`tarishdi: 125 operasiya bekor qilindi

16:47, 25 aprel

Britaniyalik tibbiyot xodimlarning namoyishga chiqishi jarrohlik operasiyasini kutayotgan bemorlarning hayotiga xavf soldi, deydi “Segodnya.ua” nashri. Buyuk britaniyalik yosh tibbiyot xodimlari oylik maoshlarining o`z vaqtida to`lanishini talab qilib, namoyishga chiqishdi. Bu zudlik bilan jarrohlik operasiyasini o`tkazish lozim bo`lgan bemorlarning hayotini xavf ostiga qo`ydi. Yosh xodimlar namoyish bilan band bo`lgan paytda, ularning o`rnini vaqtincha yoshi katta kasbdoshlari egallashgan. 

“Bunday uzoq vaqt namoyish o`tkazish, bemorlar hayotiga tahdid soladi”, deydi mamlakat sog`liqni saqlash vaziri Jeremi Xant. U mamlakat kasaba uyushmasi boshlig`i Mark Porterga tibbiyot xodimlari bilan uchrashib, barcha muammoni bartaraf etish to`g`risida ko`rsatma bergan. 

Jeremi Xant shu bilan birga namoyishchilarga ham murojaat qilib, ularning bunday namoyishlari bemorlar hayotiga xavf solishi mumkinligini, shuni inobatga olib, tezroq ish joylariga qaytishlarini iltimos qilgan.

Namoyishga chiqqan tibbiyot xodimlari o`zlarining harakatlarini dam olish kunlari ishlaganlariga to`langan maoshdan noroziliklari bilan oqlashgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!