O`zbekistonlik tennischi Sanjar Fayziev xalqaro turnir g`olibi bo`ldi

16:54, 25 aprel

O`zbekistonlik tennischi Sanjar Fayziev Xalqaro tennis federasiyasi (ITF) tomonidan Qozog`istonda tashkil etilgan xalqaro turnirning juftlik bahslarida belaruslik Andrey Vasilevskiy bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 

Sanjar va Andrey turnirning birinchi davrasida mezbon tennischilar Sagadat Ayap va Bo`lat Mamir, chorak finalda Janubiy Koreya vakillari Xyun-Vu Nam va Jae-Min Seol, yarim finalda belaruslik Maksim Dubarenko va serbiyalik Miki Yankovichni mag`lubiyatga uchratdi. 

Musobaqa finalida S.Fayziev va A.Vasilevskiy rossiyalik Markos Kalovelonis va gruziyalik Aleksandr Metreveliga qarshi kortga chiqib, 6:2, 6:4 hisobida g`alaba qozondi va bosh sovrinni qo`lga kiritdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!