Bundan 50 yil oldin Toshkentning 300 ming aholisi boshpanasiz qolgan edi

09:38, 26 aprel

Bundan roppa-rosa 50 yil oldin – 1966 yil 26 aprel kuni mahalliy vaqt bilan tongi soat 5:23da Toshkentda halokatli zilzila sodir bo`lgan. Shu vaqtda Toshkentda istiqomat qilayotgan 1,5 mln. aholidan 300 ming nafari boshpanasiz qolgan.

Uch yarim yilda poytaxtimiz to`liq qayta qurildi. Shahar chetlarida yangi yashash massivlari qad ko`tardi, vayronalarga aylangan shahar markazida yangi ko`p qavatli binolar qurildi. Shu tarzda Sirg`ali shaharchasi bunyod etildi. Umumiy hisobda 1 mln. m2 yashash joylari, maktablar, ijtimoiy va ma`muriy binolar barpo etildi.

Bugungi Toshkent, avvalo xavfsizlik nuqtai nazaridan barpo etilgan bo`lib zamonaviy arxitektura, muxandislik mahoratlarining yaqqol namoyonidir. O`zbekiston Hukumati tomonidan aholimizni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, tabiiy ofatlarning xavfini kamaytirishga alohida e`tibor qaratilib kelinmoqda. Barcha binolar mustahkam, zaruriy qoida va me`yorlar asosida qurilishi ustivor vazifalardan biridir. Favqulodda vaziyatlarda to`g`ri harakat qilish, turli tabiiy ofatlarda xavfsizlikni ta`minlash borasida aholini xabardorligini oshirish, bir so`z bilan aytganda yurtimizda fuqaro muhofazasini ta`minlash davlat siyosati darajasiga olib chiqildi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!