Germaniya elchisi Namanganga tashrif buyurdi

09:43, 26 aprel

25-29 aprel kunlari Germaniyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi, janob Naythart Hyofer-Vissingning Namangan, Farg`ona va Andijon viloyatlarida bo`ldi. 

25 aprel kuni janob elchi Namangan viloyatidagi bir qator ta`lim va tibbiyot muassasalari, ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurdi. Xususan Namangan davlat universitetida bo`lib, u erdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi, nemis tilini o`rganayotgan talabalar bilan muloqotda bo`ldi, ularning bilim va salohiyatiga yuksak baho berdi. 

Shundan so`ng janob elchi Namangan shahridagi “ZZZ” ko`z kasalliklari klnikasida bo`lib, bu erdagi imkoniyatlar bilan tanishdi. Klinika rahbari Zafarjon Abdurahimovning aytishicha, bu erda katarakta, glaukoma kabi ko`z kasalliklari zamonaviy usulda davolanmoqda. Bu tibbiyot maskanida germaniyalik mutaxassislar bilan tajriba almashuv ham yo`lga qo`yilgan. Janob Vissing suhbat asnosida klinika mutaxassislarining Germaniyada borib malaka oshirib qaytishlari uchun ko`maklashishini bildirdi. 

Namangan ko`p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi ham keyingi yillarda qayta ta`mirlanib, zamonaviy maskanlardan biriga aylandi. Germaniyaning KfW banki ko`magida markazga salkam 790 mln so`mlik zamonaviy tibbiyot asbob-uskunulari keltirib o`rnatildi. Nayhart Hyofer-Vissing tibbiyot markazdagi sharoitlar bilan tanishib, mamlakatimizga onalar va bolalar salomatligiga yuksak darajada e`tibor berilayotganini ta`kidladi. 

Shuningdek, Germaniyaning yurtimizdagi elchisi viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalaridan biri – “NESTLE-O`zbekiston” kompaniyasining Namangandagi korxonasi ish faoliyati bilan ham tanishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!