“Yuventus” muddatidan avval Italiya chempioniga aylandi

10:15, 26 aprel

Turinning “Yuventus” klubi Italiya chempionati yakunlanishiga 3 ta tur qolganida chempion bo`ldi

“Roma” o`z maydonida “Napoli”ni 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgani bois 35-turdan so`ng ikkinchi o`rinda borayotgan “Napoli” 73 ochko bilan qolib ketdi. “Yuventus” hisobida esa 85 ochko mavjud. Demak, qolgan uchta o`yin natijasidan qat`iy nazar “Yuventus” chempionga aylandi. 

“Keksa sinora” qatorasiga beshinchi va umumiy hisobda 34- marta mamlakat chempioni bo`ldi. Massimiliano Allegri shogirdlari mamlakat chempionati doirasida “Karpi”, “Verona” va “Sampdoriya”ga qarshi o`ynaydi. Endi ushbu o`yinlar hech qanday ahamiyatga ega bo`lmaydi.

Qayd etish joizki, “Yuventus” yana bir kubok uchun bahs olib boradi. 21 may kuni turinliklar “Milan” bilan Italiya Kubogida to`qnash keladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!