Bugun Chernobil fojiasiga 30 yil to`ldi

10:25, 26 aprel

Bundan roppa-rosa 30 yil ilgari Chernobil AESda halokat yuz bergan edi. Dunyodagi eng katta texnogen halokatning oqibatini bartaraf etish uchun yuz minglab harbiylar va ko`ngillilar ishtirok etgan edi, deydi “Vesti.ru” nashri. Bu erga yordamga shoshilgan odamlarning ko`pchiligiga orqaga qaytish nasib etmadi. Chunki ular katta miqdorda radiasiya olganliklari tufayli halok bo`lgan. Ma`lumotlarga ko`ra, hatto ularning qabrlaridan ham kuchli radiasiya nurlari taralib turgan.    

1986 yilning 26 aprel kuni kechqurun voqea joyiga tibbiyot xodimlari etib kelgan. Ular nurlangan insonlarni qabul qila boshlashgan. Yosh yigitlar ming bir qiynoqlarda jon bergan. Hali mamlakat aholisi nima voqea ro`y berganini anglab etmagan edi. Sobiq ittifoqning turli burchaklaridan Chernobilga yordamga shoshilgan atomchi mutaxassislarning o`zlari ham halokat oqibatlarini qanday bartaraf etishni  bilishmasdi. 

Oradan 30 yil o`tgach, bu voqealar aql bovar qilmasday tuyuladi. Halokatning ba`zi bir ishtirokchilari katta miqdorda nurlangan bo`lsa-da, tirik qolishgan. 300 000 harbiy askar va yana shuncha ko`ngillilar halokatni bartaraf etish uchun kurashishgan. Reaktorning ajal keltiruvchi qismlarini qo`lda yig`ishtirishgan, zaharlangan asfalt o`rniga yangisini yotqizishgan, himoya sarkofagini qurishgan. Uni qayta qurishga yarim yil vaqt ketgan bo`lsa-da, Chernobil hamon umuminsoniy halokat makoni bo`lib qolmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!