Popkorn eyish uchun kinoga tushgan xonandalar

12:03, 26 aprel

Kecha Alisher Navoiy kinosaroyida “Seni o`zim boy qilaman” filmi taqdimoti bo`lib o`tdi. Mazkur film taasurotlarini yaqin fursatlarda saytga joylaymiz. 

Odatda mana shunday tadbirga tashrif buyurgan san`atkorlar albatta voqea joyidan “reportaj” qabilida o`zlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga suratlar joylaydilar. Xususan san`atkorlar tomonidan joylangan quyidagi surat e`tiborimizni tortdi, eng qizig`i suratdagi xonandalarning bir xil mazmundagi uning ostiga qoldirgan izohlari.

Taqdimoti bo`lib o`tgan filmda epizod rollardan birini ijro etgan xonanda Doston Ubaydullaevning ushbu surat ostiga joylagan izohi “pop-kornga mazza qildik lekin” bo`lgan. Bunga javob tarzda ayrim folloverlar ham hazil aralash “demak, kino ko`rishga arzimabdi-da”, degan sharhlarni qoldirishgan.

Premerada hamkasblarini qo`llab-quvvatlash maqsadida ko`plab san`atkorlar ham tashrif buyurgan. Ular orasida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Abdurashid Yo`ldoshev ham bor. Xonanda ham o`zining Instagramdagi sahifasida ushbu surat va shunga o`xshash izohni joyladi: “Panoramada popkorn eb kino kurishga nima etsin”.

Xullas suratdagi san`atkorlar premera bahona pop-korndan mazza qilib bahramand bo`lganlari ko`rinib turibdi smiley

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!