Toshkentda yuz bergan mudhish avtohalokatda ayol kishi halok bo`ldi

13:23, 26 aprel

Toshkent shahri markazida kecha 25 aprel kuni mudhish yo`l-transport hodisasi yuz berdi. YTH oqibatida piyoda halok bo`ldi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” nashri xabar bermoqda

Avtohalokat sirk yaqinida, tuneldan chiqishda sodir bo`ldi. bir vaqtning o`zida uch avtomobil va piyoda yo`l-transport hodisasi ishtirokchisiga aylandi.

Vaz-2106 avtomobili piyodalar o`tishi taqiqlangan joydan yo`lni kesib o`tayotgan ayolni urib yubordi. Vaz-2106 haydovchisi rulni yon tomonga burmoqchi bo`lganida esa, unga Nexia avtomobili kelib uriladi. 

Shu paytda yo`l-transport hodisasining uchinchi ishtirokchisi yana bir Nexia avtomobili tormoz bosishga ulgurmasdan, yo`lda yotgan piyodani bosib ketgan.

Jabrlanuvchi ayol tez tibbiy yordam kelguniga qadar voqea joyida halok bo`ldi.

Guvohlarning aytishicha, voqea bir necha soniyalar ichida yuz bergan. Ayrimlarning aytishicha, ayol yo`lni kesib o`tayotgan edi, boshqalar esa u yo`lning o`rtasida avtomobillar o`tib ketishini kutib turganini, VAZ-2106 haydovchisi esa uni ko`rmay qolib, urib ketganini aytmoqda.

Haydovchilarning ta`kidlashicha, yo`lning aynan mana shu qismida piyodalar yo`lning piyodalar o`tishi mumkin bo`lmagan joyidan o`tib, yo`l harakati qoidalarini doimiy ravishda buzib keladi. Buning oqibatida esa, tez-tez YTHlar sodir bo`lib turadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!