Neymar “Barselona”dan ketmaslikka qat`iy qaror qildi

14:08, 26 aprel

“Barselona” klubi hujumchisi Neymar jamoa safini joriy yilda tark etmaslikka qaror qildi. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri xabar bermoqda

Braziliyalik futbolchi “Barselona”da o`zini baxtiyor his qilmoqda va boshqa klubga o`tish haqida o`ylamayapti. U atrofida vujudga kelgan transferi haqidagi mish-mishlarga chek qo`yish maqsadida agenti, ya`ni otasidan boshqa klublardan keladigan takliflarni ko`rib chiqmaslikni iltimos qildi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, 24 yoshli futbolchi “Barselona” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish borasida kelishuvga erishilgan, ammo, bu haqda mavsum yakuniga qadar hech qanday rasmiy bayonot berilmaydi.

Avvalroq, “Barselona” rahbariyati Neymarning so`nggi o`yinlaridan va maishatlarga berilib ketganida norozi bo`lib, uni sotib yuborish haqida fikr yuritgan edi. Tajribali hujumchiga “Real” va “Manchester Yunayted” klublari qiziqish bildirishgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!