O`tirib ishlaydiganlarga foydali 5 mashg`ulot

15:25, 26 aprel

Uzoq o`tirib ishlash — organizmda qon aylanishi buzadigan asosiy omillardan biri. Agar, vaqtingizning asosiy qismini kompyuter qarshisida ishlab o`tkazsangiz, har kunlik odatiy mashg`ulotlaringizni ko`zdan kechirish fursati keldi.

Har kuni o`zingiz uchun hech bo`lmasa 30 daqiqa vaqt ajrating va quyidagi mashg`ulotlardan bittasi bilan bo`lsa ham shug`ullaning:

1.  Piyoda yurish  
Kun davomida imkon qadar ko`proq piyoda yurishga intiling. Agar biroz sayr qilish imkoni tug`ilsa, undan unumli foydalaning. Avtobus bekatida transportni kutib o`tirmang, uch-to`rt bekatni piyoda yurib o`tkazing. 
Liftdan umuman foydalanmang, zinapoyadan piyoda yurib, tepaga ko`tariling. Piyoda yurish qo`l va bel mushaklarini mustahkamlaydi.

2.  Velosiped haydang
Velosipedda sayr qilish qon aylanishini yaxshilaydi. Bu mashg`ulot ayniqsa, varikozga chalinganlarga ham foydali. Velosiped pedalini aylantirganingizda qon barcha qon tomirlar bo`ylab aylanadi. U hech qaerda turib qolmaydi. Bir maromdagi harakat esa qon-tomirlarga og`irlik tushirmay, ularning faoliyatini yaxshilaydi.

3.Suzish
 Agar sizda varikozga moyillik bo`lsa, u holda ko`p kuch talab etiladigan va aerobika mashg`ulotlariga ehtiyotkorlik bilan qatnashing. Kuch talab etiladigan mashg`ulotlar vaziyatni chigallashtirishi mumkin. Suvda suzish esa bunday xavfni yuzaga keltirmaydi. 
Suzish shunisi bilan foydaliki, unda organizm gorizontal holatda bo`ladi, oyoqlarga og`irlik tushmaydi va qon aylanishi yaxshilanadi. Agar suzishning o`zi sizga zerikarli tuyulayotgan bo`lsa, unda akvaaerobika bilan shug`ullaning. Bu sport turi sizga mushaklarni mustahkamlashga, qaddi-qomatni tiklashga va ortiqcha vazndan qutilishga yordam beradi. 

4.Yoga
Uzoq o`tirib ishlaydiganlarda qon aylanishi buzilishi ko`p uchraydi. Oyoq to`qimalari esa etarlicha kislorod qabul qila olmaydi. Yoga bilan shug`ullanish esa qon tomirlar dam olishiga zamin yaratadi. U bilan shug`ullanganda qon yaxshi yurishadi. 

5.Ertalabki va kechki jismoniy mashqlar
Oyoqlaringizga utshadigan og`irlikni biroz bo`lsa-da engillashtirish uchun kuningizni engil jismoniy mashqlar bilan boshlab, ular bilan yakunlang.

Uy sharoitida bajarish mumkin bo`lgan bir nechta engil jismoniy mashqlarni sanab o`tamiz:

“Velosiped” mashqi. Yotgan holda oyoqlaringizni ko`taring va xuddi velosiped haydayotgandek oyoqlaringizni harakatlantiring. Umurtqa pog`onasi tekis joylashganiga e`tibor bering. Bu mashqni 2-3 daqiqa davomida bajaring.

“Qaychi” mashqi. Vertikal va gorizontal holatdagi mashqlar. Yotgan holda oyoqlarni ko`tarib vertikal va gorizontal yo`nalishda qog`ozni qirqayotgandek harakat qiling.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!