I chorakda 677 intellektual mulk ob`ekti ro`yxatdan o`tkazildi

15:50, 26 aprel

Milliy matbuot markazida Xalqaro intellektual mulk kuni va Xalqaro kitob va mualliflik huquqi kuniga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

2016 yil birinchi choragida agentlik tomonidan intellektual mulk ob`ektlariga 2 mingga yaqin talabnoma qabul qilindi. Ular bo`yicha  ekspertiza o`tkazilib, davlat reestrlarida 677 intellektual mulk ob`ekti  ro`yxatdan o`tkazilgan. Hisobot davrida patent hujjatlari davlat fondiga yuz mingdan ziyod hujjat kelib tushgan.  

Qonun hujjatlari ijrosini ta`minlash borasida agentlik tegishli tashkilotlar bilan tuzilgan ishchi guruhlari hamkorligida aholi gavjum joylar, bozorlar, savdo komplekslari va shoxobchalarda kontrafakt fonogramma va audiovizual mahsulotlar savdosi amalga oshirilishining oldini olish bo`yicha monitoring olib bormoqda. 

Joriy yilning o`tgan davrida intellektual mulk ob`ektlaridan noqonuniy foydalanishning oldini olishda vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan  monitoringlarda 244 qonunbuzilish holati aniqlangan. Ushbu holatlarga oid  ma`lumotlar qonuniy chora ko`rilishi uchun tegishli tashkilotlarga yuborilgan.

Anjumanda sohaning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, intellektual mulk ob`ektlarini ro`yxatdan o`tkazish, kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga qarshi kurashish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risida axborot berildi. Jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!