Buyuk Britaniyada it egasini topish uchun 400 km yo`l bosdi

17:13, 26 aprel

Buyuk Britaniyada Pero laqabli it egasining yoniga qaytish uchun 380 kilometrdan ortiq yo`l bosdi. U Liverpul yaqinida joylashgan Penrik-kok shahridan Kokermut shahri tomon yo`lga chiqqan, deb xabar beradi “Lenta.ru” nashri.   

Itning egasi Alan Jeyms ismli fermer Peroni boshqa shahardan sotib olgan er-mulkini qo`riqlash uchun tashlab kelgan. Ammo it u erda qolishni istamay, oradan 12 kun o`tgach, uyga qaytib kelgan. 54 yoshli fermer Jeymsning ma`lumot berishicha, bunday podachi itlar oilasiga mansub kuchuklar kunu-tun davomida to`xtovsiz, charchamay yo`l bosish xususiyatiga ega. Ammo Pero qanday qilib, yo`lni topib kelgani ular uchun hamon qorong`i.

Fermerning rafiqasi Shen, yo`lda uchragan biror rahmdil odam itning qornini to`ydirmaganda buncha yo`lni bosib o`tolmagan bo`lardi, deb hisoblaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!