Aktyor Tom Xenks “Lester” g`alaba qozonadigan bo`lsa 500 ming funtni qo`lga kiritadi

17:14, 26 aprel

Amerikalik aktyor tom Xenks Angliya futbol chempionatida “Lester”ning g`alabasi uchun 100 funt sterling (130 evro) pul tikdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

“Men mavsum boshida “Lester”ning g`alabasi uchun 100 funt sterling pul tikdim. Buni kim nima deb o`ylasa, o`ylayversin, men to`g`ri yo`l tutganimga ishonaman”.

Mavsum boshlanguncha, britaniyalik bukmekerlar guruhning g`alabasi uchun Klaudio Raneri koefisenti bo`yicha 5000 dan 1 taga to`g`ri kelishini ta`kidlashgan edi. Bu Tom Xenks 500 ming funt sterling (640 ming evro) yutib olishi mumkin deganidir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!