Ajrimdan so`ng propiska bekor qilinadi

09:57, 27 aprel

«Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo`lgan shaxslar — O`zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro`yxati to`g`risida»gi qonuniga muvofiq endi Toshkent shahrida yoki viloyatida propiskadan o`tgandan so`ng bir yil davomida ajrim qayd etilsa, er yoki xotin doimiy propiskadan mahrum bo`ladi.

Tegishli o`zgartirish 25 aprel kuni O`zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan va 26 aprel kuni kuchga kirgan qonunda ko`zda tutilgan, deb yozadi Norma.uz.

Mazkur punkt, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turmush o`rtog`i doimiy ro`yhatdan o`tgan joyida bir yil birga yashagandan so`ng doimiy propiska olishni ko`zda tutadi. 

Qonunga kiritilgan qo`shimchalarga ko`ra, doimiy ro`yxatga turgandan so`ng bir yil davomida ajrim qayd etilsa, doimiy propiska o`z kuchini yo`qotadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!