Qochoqlar Gresiya vaziriga suv solingan shishalarni irg`itishdi

10:46, 27 aprel

Gresiyaning Lesbos orolida darg`azab bo`lgan qochoqlar Gresiyaning migrasiya siyosati vaziri Yannis Muzalisga qarata suv solingan shishalarni irg`itishdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Polisiya maxsus xizmati g`azablangan muhojirlarni tinchlantirishga harakat qildi, ammo ular huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarata tosh otishdi.

Nashrning xabar berishicha, Muzalis muhojirlar bilan muloqot qilayotgan paytda ular lagerdagi sharoitdan va Turkiyaga qaytarishayotganidan norozi bo`lishgan. Vazir ularni tinchlantirishga harkat qilgan, ammo jahli chiqqan qochoqlar unga qarata suv solingan idishlarni irg`ita boshlagan. Vazir bir amallab qochib, qutulgan. Gresiyadan boshpana so`rab, yozilgan 400 ta ariza qaytarilganini eshitib, qochoqlar ertalabdanoq norozi kayfiyatda bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!