Londondagi Big-Ben soati 157 yildan beri ilk marta to`xtatiladi

10:54, 27 aprel

London shahrining asosiy ramzlaridan biri Big-Ben soati vaqtincha to`xtatib qo`yiladi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda

Vestminster qasri minorasida joylashgan dunyoga mashhur soat ta`mirlanadi. Soatni ta`mirlash ishlariga 29 million funt sterling mablag` sarflanadi. 

Big-Ben mexanizmi 2017 yilda 157 yil to`xtovsiz ishlaganidan so`ng birinchi marta to`xtatiladi.

Soat yana uzoq yillar to`xtovsiz ishlashi uchun uni ta`mirlash zarurligi aytilmoqda. 

Ta`mirlash ishlari bir necha oy davom etadi. 

Bu vaqt oralig`ida soat mexanizmi ta`mirlanadi, siferblati esa boshqa rangga bo`yaladi. Bundan tashqari, Elizaveta minorasiga tezkor lift o`rnatiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!