O`tgan haftada sodir bo`lgan yong`inlarda 1 kishi halok bo`ldi

11:10, 27 aprel

O`tgan hafta mobaynida respublikamiz hududida 118 ta yong`inlar qayd etilgan. Turli sabablarga ko`ra sodir bo`lgan yong`inlarda 4 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan va 1 nafar fuqaro halok bo`lgan. Ushbu yong`inlarda 471 mln. so`mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 603 mln. so`mga yaqin moddiy boyliklar yong`indan saqlab qolingan. O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi yong`in xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda

Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashovchi fuqaro Y.Burxonovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 80 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Farg`ona viloyati Fargona tumanida yashovchi fuqaro N.Damirovaning uyida yosh bolalarning sho`xligi oqibatida yong`in sodir bo`lib, uyning 140 kv. metr maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan. 

Xorazm viloyati Yangibozor tumanida yashovchi fuqaro Q.Tolipovning uyida ochiq olovdan foydalanishda extiyotsizlik oqibatida yong`in sodir bo`lib, molxonaning 70 kv. metr maydonda tom qismi va g`amlab qo`yilgan xashagi yonib zararlangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!