Nyu-York fuqarosidan ikki metrli alligator musodara qilindi

11:20, 27 aprel

Nyu-Yorklik fuqarodan uzunligi 1,8 metr bo`lgan alligator musodara qilindi, deb xabar qildi “Lenta.ru” nashri. 

Erkak timsohni uyining orqasidagi hovlida maxsus maydonchada saqlagan. Unga nisbatan tegishli tashkilotlardan ruxsat olmasdan yirtqich hayvonni uyda saqlash aybi qo`yilgan.

Nyu-York atrof-muhitni himoya qilish boshqarmasining ma`lumot berishicha, bunday hayvon faqatgina ilmiy-tadqiqot yoki fuqarolarga ko`rsatish maqsadida, maxsus joylarda saqlanishi lozim.

“Alligatorlarni qo`lga o`rgatish juda mushkul ish, ular inson hayotiga xavf soluvchi hayvondir. U hatto ovqatlantirayotgan odamining qo`lini tishlab, uzib olishi mumkin”, deydi hayvonlarga shafqatsizlarcha muomala qilishning oldini olish jamiyati okrug boshlig`i Saffolk Roy Gross.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!