Gulruhbegim Tohirjonova O`zbekistondagi ikkinchi ayol grossmeyster bo`ldi

11:34, 27 aprel

Shaxmat bo`yicha O`zbekiston ayollar terma jamoasi a`zosi Gulruhbegim Toxirjonova grossmeysterlik talabini bajardi. Bugun hamyurtimiz poytaxtimizda yakuniga etib borayotgan O`zbekistonning birinchi grossmeysteri Georgiy A`zamov xotirasiga bag`ishlangan “Toshkent Open” xalqaro turnirining so`nggi turida musobaqaning ikkinchi tartib raqamli ishtirokchisi armanistonlik Tigran Petrosyanni mag`lubiyatga uchratdi. Bu haqda “Olamsport.com” nashri xabar bermoqda

Bu bilan u grossmeysterlik talabini bajardi. Endi mamlakatimizda ayol grossmeysterlar soni ikki nafarga etdi. Birinchi ayol grossmeyster Gulruhbegim Toxirjonovaning opasi Nafisa Mo`minova edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!