Finlyandiyalik shol bo`lgan qiz Barbi qo`g`irchog`iga o`xshash uchun 14 ming dollar sarfladi

12:23, 27 aprel

Finlyandiyaning Xelsinki shahrida yashovchi shol bo`lgan qiz Barbi qo`g`irchog`iga o`xshash uchun ikki yil ichida 14 ming dollar sarfladi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Jasmin Britni ismli bu qizni 1998 yilda mashina urib ketgandi. Oqibatda uning bo`yindang pastki qismi falajlangan edi. Jasmin tashqi ko`rinishini bosqichma-bosqich o`zgartira va suratlarini o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtira boshladi.

Makiyaj va ko`ylaklar uchun ketadigan xarajatlarni qizning ota-onasi to`lagan.

26 yoshli finlyandiyalik qizning aytishicha, u mazkur harakatlari bilan o`ziga o`xshab taqdir sinovlariga uchragan insonlarni ruhlantirishni niyat qilgan.

“Men tashqi ko`rinishim go`zal bo`lishi uchun har kuni bir necha soat vaqt sarflayman. Hozirgi holatim hayotdan zavqlanish va boshqalar singari kun kechirishga xalaqit bermaydi”, — deydi Jasmin.

U ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatidan tashqari, o`ziga o`xshab shol bo`lgan bemorlarga ruhiy ko`mak berish ishlarida qatnashadi. Ularda o`ziga bo`lgan ishonchni o`stirishga yordam beradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!