O`zbek futboli fidoyisi Vitaliy Suyunov vafot etdi

13:47, 27 aprel

23 aprel kuni o`zbek futboli fidoiylaridan biri Vitaliy Suyunov 79 yoshida vafot etdi, deb xabar qiladi O`FF rasmiy sayti.

Vitaliy Suyunov “Paxtakor” jamoasi safidagi faoliyatini 1960 yilda boshlagan va sakkiz mavsum davomida ushbu jamoada asosiy himoyachilardan biri sifatida ko`plab o`yinlarda maydonga tushgan. Birgina chempionat doirasida u “Paxtakor” tarkibida ikki yuzdan ortiq o`yinda ishtirok etgan. Shuningdek, mamlakat kubogi va ko`plab xalqaro musobaqalarda qatnashgan.

Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Vitaliy Suyunov murabbiy sifatida ish boshladi. U boshqargan ilk klub “Paxtaorol” edi (1969). 30 yildan ortiqroq davom etgan murabbiylik faoliyati davomida u O`zbekistonning ko`plab jamoalarida ish olib bordi. Mamlakatning turli yoshdagi terma jamoalari ilan ham ishladi. Biroq uning faoliyatidagi eng yorqin davr sifatida “Paxtakor” safida o`ynagan yillari yodga olinadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!