“Lester” muxlisi bo`lajak qiziga Vardi deb ism qo`yadi

13:54, 27 aprel

“Lester” jamoasi muxlisi Eshli Merriot bo`lajak qizini “tulkilar” hujumchisi Jeymi Vardi sharafiga Vardi deb ism qo`yadi. Bu haqda “Sport Ekspress” nashri xabar bermoqda

“Lester” muxlisi rafiqasini ko`ndirish uchun internet orqali 5 mingga yaqin imzo olishiga to`g`ri keldi. 

“Men bir necha hafta avval 5 mingga yaqin imzo to`pladim. Shuning uchun kelishuvimiz o`z kuchida qoladi. Rafiqamning oilasi “Tottenxem”ga muxlislik qilgani uchun bu menga ikki hissa quvonch bag`ishlaydi”, – deydi Merriot.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!