Zidanning sifatsiz shimi ikkinchi marta yirtildi (Video)

16:48, 27 aprel

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Manchester Siti”ga qarshi (0:0) Evropa Chempionlar ligasi yarim final dastlabki o`yinida noqulay ahvolga tushib qoldi. 

O`yin davomida fransiyalik mutaxassisning shimi yirtirib ketdi. Eng qizig`i shundaki, “Volfsburg”ga qarshi kechgan EChL chorak final javob o`yinida ham Zidan hissiyotlarga berilib, shimini yirtib yuborgandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!