Tim Kukni tushlikka taklif qilgan kishi Apple taqdimot marosimiga chipta yutib oladi

16:58, 27 aprel

Apple rahbari Tim Kuk butun dunyodagi kompaniya mijozlariga shaxsan o`zi bilan ovqatlanish imkonini bermoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Nufuzli uchrashuv Apple`ning Kupertinodagi ofisida bo`lib o`tadi. 

Tim Kuk bilan tushlik qilish uchun eng ko`p summa to`lashga rozi bo`lgan shaxs Apple kompaniyasining yangi mahsuloti taqdimot marosimiga ikki kishilik chiptani qo`lga kiritadi.

Yig`ilga mablag` esa inson huquqlarini himoya qilish tashkilotiga yo`naltiradi.

Hozirgi kunda Kuk bilan tushlik qilish uchun taklif qilingan eng ko`p pul miqdori 125 ming dollarni tashkil etmoqda. Auksion esa joriy yilning 5 mayiga qadar davom etadi. Mazkur auksion to`rtinchi marta o`tkazilmoqda. 

2013 yilda Apple rahbari bilan tushlik uchun 610 ming dollar,2014 yilda 330 ming dollar, 2015 yilda esa 200 ming dollar to`lashgan edi.

Bu yil Tim Kuk Apple mijozlari haq-huquqlarini buzmaslik uchun FQB talabini bajarmagani uning obro`sini yanada oshirdi. Shuning uchun bu yil u bilan ovqatlanish uchun sarflanadigan pul miqdori ham ko`proq bo`lishi kutilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!