Kapital ta`mirdan chiqqan “Nurafshon” bog`i foydalanishga topshirildi

10:01, 28 aprel 2016

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Nurafshon” madaniyat va istirohat bog`i kapital rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Poytaxtimiz ko`rkiga ko`rk qo`shib turgan mazkur madaniyat va istirohat bog`i «Open Garden» mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etildi.

Umumiy maydoni 2 gektarni egallagan mazkur bog`da yigirmadan ortiq turli xil zamonaviy attraksionlar o`rnatildi, mavjudlari ta`mirlandi. Bog` hududidagi maydon ko`kalamzorlashtirildi hamda favvoralar bunyod etildi, suv sepish moslamalari o`rnatildi. 

Yaxna ichimlik va muzqaymoq bilan savdo qiladigan kafe, fotostudiya, savdo do`koni, stol tennisi, shaxmat-shashka maydonchalari aholi xizmatida.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 11:39, 28 aprel 2016
Қаерда жойлашган?