EChL 1/2 final. Saulning super goli “Atletiko”ga “Bavariya” ustidan g`alaba keltirdi

10:38, 28 aprel

Evropa chempionlar ligasi yarim final dastlabki o`yinida “Atletiko” o`z maydonida “Bavariya”ga qarshi bahs olib bordi. Mazkur uchrashuvda 1:0 hisobi qayd etilib, maydon egalarining g`alabasi bilan yakun topdi. 

Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Saul Niges bo`ldi. U “Bavariya”ning to`rtta futbolchisini ortda qoldirib, ajoyib gol muallifi bo`ldi. 

Jamoalar o`rtasidagi javob o`yini 3 may kuni Myunxen shahridagi “Alyans Arena”da bo`lib o`tadi. 

EChL, 1/2 final. Dastlabki uchrashuv
Atletiko Ispaniya – Bavariya Germaniya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 11 Saul. 
Atletiko – Oblak, Xuanfran, Ximenes, Savich, Filipe Luis, Saul (Parti, 85), Gabi, Fernandes, Koke, Torres, Grizmann.
Bavariya – Noyer, Lam, Martines, Alaba, Bernat (Benatiya, 77), Xabi Alonso, Duglas Kosta, Alkantara (Myuller, 70), Vidal, Koman (Riberi, 64), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Duglas Kosta (40), Noyer (82), Benatiya (82), Saul (84), Vidal (88).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!