Hindistonda bir bosh va ikki tanali siam egizaklari dunyoga keldi

10:44, 28 aprel

Hindistonning sharqida noyob hodisa yuz berdi.

Gujorot shtatida yashovchi ayol bir boshli siam egizaklarini dunyoga keltirdi. Ona farzandlaridagi patologiyani homiladorligining ettinchi oyida bilib qolgan. Ona hech narsaga qaramay bolalarini saqlab qolishga qaror qilgan, deya xabar beradi Daily Mail.

Egizaklarning har ikkalasida o`z oyoqlari, yuragi va qo`llari bo`lgan, biroq bosh va jigar ikkalasida umumiy, ya`ni bitta bo`lgan. 

Shifokorlar mazkur hodisaga birinchi marta guvoh bo`lishganini aytishmoqda. Ularning so`zlariga ko`ra, klinikaning 140 yillik tarixida siam egizaklari to`rt marotaba dunyoga kelgan.

Egizaklarning onasi moddiy ahvoli tang bo`lganligi sababli tibbiy ko`rikdan homiladorligining 7 oyida o`tgan. Chaqaloqlarning vazni bir kilodan sal ko`proq bo`lgan. Ular bor yo`g`i 6 daqiqa yashab halok bo`lishdi.

Avvalroq Hindistonda “dumli” bolalar ham tug`ilganligi haqida xabarlar tarqalgan. Ularga nisbatan mahalliy aholi boshqacha munosabatda. Bunday bolalar ilohlarga tenglashtiriladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!