Bola parvarishi nafaqasi va moddiy yordam olish uchun hujjat tayyorlaymiz

11:04, 28 aprel 2016

“Bola parvarishi nafaqasi olish uchun qanday hujjatlar yig`ishim kerak?”

Dilnoza Madalieva,
Qo`qon shahri

Savolga Mahalla xayriya jamoat fondi boshqaruv raisi o`rinbosari D.Allaev javob beradi:

—O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevralda 44-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Kam ta`minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida"gi Nizomning13-bandida talablariga ko`ra: 

•  bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo`yicha nafaqa va moddiy yordam tayinlash to`g`risida fuqarolar yig`ini raisi nomiga ariza;
•  oilaning tarkibi va daromadlari to`g`risidagi ma`lumotlar;
•  ushbu daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
•  bolali oilalarga nafaqa yoki bola parvarishi bo`yicha nafaqa olish uchun — bolalarning tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnomalari nusxalari.
•  agar bolalar vasiylikka olingan bo`lsa vasiylik va homiylik organining qaroridan ko`chirma hujjatlarni ilova qilishi belgilangan.

Bundan tashqari, moddiy yordamga ehtiyojmandlik to`g`risidagi arizaga, ariza beruvchining xohishiga ko`ra, oilaning ehtiyojmandligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkinligi ko`rsatilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 16:37, 16 may 2016
meni xotinim aliment va moddiy taminot olish uchun sudni qarori chiqqan lekin xozirgi vaqtda xotinim man bilan yashayotganligi sababli ijrosi taminlangani yuq. aliment va moddiy taminotni tuxtatish uchun nima qilishim kerak ?