Terisi rangini o`zgartirgan qora tanli xonanda internet foydalanuvchilarini hayratlantirdi(Foto)

11:39, 28 aprel

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari qora tanli xonanda Lil Kimning yangi suratlaridan hayratga tushdi, deb yozadi “Lenta.ru”.

Asli qora tanli bo`lgan xonandaning yuz terisi to`satdan oqarib qoldi. Foydalanuvchilarning hayratiga sabab bo`lgan suratlarni xonanda o`zining Instagram`dagi sahifasida e`lon qildi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, xonanda anchadan beri terisi rangini oqartirish bilan shug`ullanadi. 

To`satdan oqarib qolgan xonandaning bu harakati ayrim muxlislarda norozilik ham uyg`otdi. Izohlarda ba`zi foydalanuvchilar qora tanli bo`lish Lil Kimga ko`proq yarashishini ta`kidlagan.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining norozilik ohangiga mashhurlar ham qo`shildi.

“Musiqasi menikidanda yomon bo`lgan xonandaning terisi rangini oq rangga o`zgartirgani meni qayg`uga soladi”,— deb yozdi reper Aziliya Benks o`z sahifasida. 

Lil Kim —41 yoshli xonanda va aktrisa. Uni Instagram`da 1,2 million kishi kuzatadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!