Rayhon,Munisa Rizaeva,Sarvar va Komil Kanizaning ayblovlariga munosabat bildirdi

12:35, 28 aprel

Xonanda Kaniza konsert oldi matbuot anjumanida bir nechta hamkasblarini undan g`oya o`g`irlaganlikda ayblagani haqida xabar berilgan edi.

Rayhon,Munisa Rizaeva Sarvar va Komil Kanizaning e`tirozlariga “Hordiq” gazetasi orqali munosabat bildirdi.

Rayhon:
—Men Kanizaning qo`shiqlarini eshitmaganman. Kecha telekanaldan ham qo`ng`iroq qilishdi va shu mavzuda ko`rsatuv tayyorlamoqchi ekanliklarini aytib, intervyu berishimni so`rashdi. O`zimga ep ko`rmaganim uchun rozi bo`lmadim. “Tabib” qo`shig`imning mualliflari Sarvar va Komil faqat birgina so`z o`xshash ekanligini ma`lum qilishdi.

Sarvar (Rayhonning so`nggi xit taronalari aynan shu ijodkorga tegishli):
—O`zbek tili juda boy til. Rayhonning “Tabib” taronasi ilk bora yangi konsertida yangragan edi. Biz “tabib”, “habib” degan so`zlarni Kaniza qo`shiq qilib aytmasidan oldinroq ham bilganmiz va bemalol bu so`zlardan foydalanganmiz. Bu so`zlarni Kaniza xususiylashtirib olmagan. O`zbek tilining lug`atidan istagan odam istganicha foydalanishi mumkin. Bundan chiqdi, Kaniza qo`shig`ida “Jonon bo`laman” jumlasidan foydalansa, demak shu qo`shiqdan o`g`irlagan bo`lar ekan-da?! Kanizaning e`tirozi, ochig`i, bizning kulgumizni keltirdi. 

Munisa Rizaeva: 
—Kaniza kabi mening ham o`z yo`nalishim va didim bor. Bizni solishtirishning o`zi, bilmadim, qanday bo`ladi? Umuman olganda, nafaqat Kaniza, balki hech kimga taqlid qilmayman. Ayniqsa, kiyinish borasida! Har bir o`zbek ayolining ro`mol o`rash uslubi bor. Men ham klipimda ro`molni ayollarimiz o`raydigan usullardan foydalangan holda o`raganman. Bundan chiqdi, klipida ro`mol o`rab chiqqan har bir xonanda Kanizaga taqlid qilgan bo`ladimi?

U o`zbekona urf-odatlarimiz-ku! Men “Yonar” nomli qo`shig`imga ishlangan klipda haqiqiy o`zbek kelini obrazini ko`rsatib berganman va u Kaniza yaratgan obrazdan farq qiladi. 

Kaniza o`z ustida qanday ishlayotgan bo`lsa, biz ham undan kam izlanayotganimiz yo`q.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 14:48, 28 aprel
ТОМИ КЕТИБ КОПТИ