Xitoyliklar “Transformerlar” filmi ijodkorlarini sudga berdi

15:09, 28 aprel

Xitoyliklar Paramount Pictures va uning Xitoydagi hamkorini sudga berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda

Ular “Transformerlar: Qirish asri” kartinasi ijodkorlaridan 27 million dollar undirmoqchi.

Ulun uezdi mansabdorlariga tegishli Wulong Karst Tourism kompaniyasi “Transformerlar” filmi ijodkorlariga nisbatan ayblovni ilgari surmoqda. Sud ishi Chunsin shahri sudi tomonidan ko`rib chiqilmoqda. 

Wulong Karst Tourism filning epizodlaridan birida China Wulong so`zining xitoy tilidagi muqobili ko`rinishi uchun 4,8 million yuan atrofida pul to`lagan. Biroq kartinada mazkur kadr ko`rinmagan.

Paramount kompaniyasi ma`muriyati “Transformerlar” rejissyori Maykl Ben Ulun uchun maxsus reklama suratga olganini, hatto filmning yangi qismida foydalanilgan dekorasiyalarni sayyohlarni mazkur hududga jalb etish maqsadida qoldirib ketganini ma`lum qilgan.

Wulong Karst Tourism kompaniyasi esa buning o`zi kamlik qilishini ta`kidlamoqda. 

Ulun uezdidagi diqqatga sazovor maskanlar YuNESKOning Butunjahon merosi ro`yxatiga kiritilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!