Shahzoda endi turmush o`rtog`iga raqobatchimi?

16:22, 28 aprel

Xonanda Shahzoda o`z ijodi, boshlovchilik faoliyati, mustaqil kompaniya ochgani va  shaxsiy hayotiga doir ko`plab savollarga “Tasvir” gazetasiga bergan intervyusida javob berdi.

“Do`stim Davron Muqimov bilan birgalikda yangi kompaniya ochdik. Bu erda studiya ham bor, unga yangi apparaturalar buyurtma qilganmiz, tez orada ishga tushadi. Maqsadimiz—iqtidorli yoshlarga yordam qilib, ularni qo`llab-quvvatlash, prodyuserlik faoliyati bilan shug`ullanish. G`oya Davron Muqimov ikkimizniki. Lekin o`zim ‘Tarona Records’ bilan ijodiy hamkorlikni davom ettiraveraman”,—deydi Shahzoda yaqinda ochgan kompaniyasi haqida.

Muxbirning “Bu borada turmush o`rtog`ingizning fikri qanday bo`ldi? Axir, kompaniya ‘Tarona Records’ga raqobatchi ham bo`lishi mumkinku?” degan savoliga xonanda quyidagicha javob berdi:

“Birinchi navbatda shuni aytishim kerakki, turmush o`rtog`im bilan oila qurishimizdan avval u kishi meni kompaniya loyihasi sifatida, turmush qurganimizdan so`ng esa umr yo`ldoshim sifatida qo`llab-quvvatlab keladi. Hech qachon ‘mana bu ishni qilmaysan’ yoki ‘faqat Taronada ishlaysan’ degan gaplarni eshitmaganman. U kishi ‘Agar shuni xohlasang, harakat qilib ko`r’ deydi. Bu safar ham u kishidan ‘Mensiz ham o`zing bir urinib ko`r. Agar natija yaxshi bo`lsa, xursandman’ degan gapni eshitdim. Shundan so`ng kompaniya faoliyatini yo`lga qo`ydik”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!