Farg`onada 5000 so`mlik kupyurani qalbakilashtirish holati aniqlandi

16:33, 28 aprel

Farg`ona viloyatida qalbaki pullarni muomalaga kiritishga urinish holati aniqlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda

Farg`ona viloyati IIB xodimlari tomonidan Buvayda tumanidagi savdo shahobchalaridan biridan yonilg`i-moylash mahsulotlarini xarid qilib 100 dona qalbaki 5000 so`mlik kupyuradagi pullarni bergan noma`lum shaxslar aniqlanib ushlandi. Ular Uchko`prik tumanida yashovchi 27 yoshli va 24 yoshli fuqarolar ekanligi aniqlandi.

Yuqoridagi holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!