Peterburgga aviachiptasiz uchgan qizning videotasviri paydo bo`ldi (Video)

16:52, 28 aprel

Internetda Moskva shahridan Sankt-Peterburgga aviachiptasiz uchib borgan qizchaning kuzatuv kameralari orqali olingan videosi paydo bo`ldi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.  

Kadrda ryukzak osgan qizchaga hech kim e`tibor bermaganligi aks etgan. Transport polisiyasi xodimlari Pulkovo aeroportida nazoratsiz yurgan qizchani ko`rishgan. Qizcha Moskvaning Vnukovo aeroportidan Sankt-Peterburggacha yolg`iz uchib kelganligini bildirgan. Uni darhol bolalar uyiga joylashtirishgan. Keyinchalik IIV qizchaning orqaga qaytishi uchun Moskvagacha chipta olib berishga va`da bergan. Uni polisiya xodimi kuzatib borishi ko`zda tutilgan. Qizchaning onasi aeroport va aviakompaniya xodimlaridan tovon puli undirish niyatida yuribdi.  

Eslatib o`tamiz, Moskvada 11 yoshli qizcha qarshiliksiz Vnukovo aeroporti xavfsizlik tizimidan o`tib, hech qanday hujjatsiz Sankt-Peterburg shahriga uchib borgan. Qizcha barcha nazorat punktlaridan qarshiliksiz o`tib kelgan, u xavfsizlik xizmati xodimlarini shubha uyg`otmagan. Bir guruh to`planib turgan olomon orasida bemalol samolyotgacha etib kelgan. Qizchani hech kim tekshiruvdan o`tkazmagan. U “Shunchaki Sankt-Peterburgni aylanib kelmoqchi” bo`lganligini ma`lum qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!