Arxeologlar 4800 yoshli toshga aylangan ayol jasadi qoldiqlarini topishdi

17:06, 28 aprel

Tadqiqotchilar Tayvan orollarida yashagan eng qadimiy odamlarning mehnat faoliyatini, yashash tarzini o`rganishdi. 

Qo`lida bolasini ushlab turgan ayol jasadi qoldiqlari eng yodda qolarli topilma bo`ldi. Tekshiruvlarga ko`ra, ayol jasadi 4800 yoshda bo`lib, neolit davriga tegishlidir. 

Ayolning bo`yi 160 sm, bolaniki esa 50 sm ni tashkil qiladi. Jasad toshga aylangan. Bunday topilmalar ilgari ham uchragan. 

Olimlarning ma`lumot berishicha, ayol bolasini zilziladan himoya qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!