“Shum bola” bolalar va yoshlar kinofestivali boshlandi

10:04, 29 aprel

Avval xabar berganimizdek, “O`zbekkino” Milliy agentligi va Gyote instituti Toshkent filialining “Shum bola” bolalar va yoshlar uchun III o`zbek va nemis kinolari festivali 28 aprel – 1 may kunlari Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda, 3-5 may kunlari Farg`ona shahridagi Teatr va konsert saroyi hamda San`at kolleji zalida tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 28 aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda tadbir tashkilotchilari va mehmonlar ishtirokida festivalning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Festivalda germaniyalik kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan badiiy mahsulotlar bilan bir qatorda o`zbek kinematografchilarining ham ijod mahsullari namoyish etiladi.

Kinofestival doirasidagi barcha namoyishlar Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda bo`lib o`tadi. Namoyishlarga kirish bepul. Nemis tilidagi filmlar ruscha titrlar bilan ko`rsatiladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!