Koreyalik shifokorlar 300 nafardan ortiq bemorni oftalmologik tibbiy ko`rikdan o`tkazdi

10:07, 29 aprel

Joriy yilning 24-29 aprel kunlari Koreya Respublikasining “Vision Care Servise” xalqaro tashkiloti shifokorlari (16 nafar tashkilot xodimlari, oftalmolog vrachlar, tibbiyot hamshiralari, volonter) tomonidan Buxoro viloyati ko`p tarmoqli tibbiyot markazida 25-28 aprel kunlari (soat 08:00 dan 19:00 gacha) Buxoro va Navoiy viloyatlarida istiqomat qiluvchi bemorlarni kataraktani bartaraf qilish va ko`z gavharini almashtirish borasida umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazishdi.

Joriy yildagi xayriya aksiya davomida “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “Vision Care Servise” xalqaro tashkilotlari o`zaro kelishuv memorandumi doirasida jami 300 nafardan ortiq ko`z sohasida kasalligi bo`lgan bemorlar oftalmologik tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi va 80 nafar atrofidagi bemorlarda kataraktani bartaraf qilish va ko`z gavharini almashtirish jarrohlik amaliyotlari o`tkazilishi ko`zda tutilgan.

Tibbiy ko`rikdan o`tganlarga xorijlik mutaxassislar o`zlari bilan olib kelgan dori-darmon va sanitariya-gigiena vositalarini bemorlarga bepul tarqatishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!