Evropa Ligasi: “Liverpul” mag`lub bo`ldi, “Sevilya” va “Shaxtyor”da durang

10:09, 29 aprel

Evropa Ligasi musobaqasining dastlabki yarim final uchrashuvlari bo`lib o`tdi. Jumladan, “Vilyarreal” o`z maydonida “Liverpul” bilan, “Sevilya” esa safarda “Shaxtyor” bilan bahs olib bordi. 

“Vilyarreal” so`nggi soniyalarda kiritilgan yagona gol evaziga “Liverpul”ni mag`lubiyatga uchratgan bo`lsa, “Sevilya” jangovar ruhda o`tgan bellashuvda “Shaxtyor” bilan 2:2 hisobini qayd etdi. 

Jamoalar o`rtasidagi javob uchrashuvlari 5 may kuni bo`lib o`tadi. Shundan keyin final yo`llanmasini olgan jamoalar aniq bo`ladi. 

Evropa Ligasi, 1/2 final. Dastlabki uchrashuvlar
Vilyarreal (Ispaniya) – Liverpul (Angliya) 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Adrian. 
Ogohlantirish: Kosta (60).

Shaxter (Ukraina) – Sevilya (Ispaniya) 2:2 
Gollar: 0:1 – 6 Vitolo, 1:1 – 23 Marlos, 2:1 – 35 Stepanenko, 2:2 – 82, penalti Gameyro. 
Ogohlantirishlar: Eskudero (27), Karrisu (40), Krxovyak (48), Malishev (89), Srna (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!