“Muhabbat tafti”: Arnav va Kxushi unashtirildi!

10:18, 29 aprel

Anjali esa farzandidan ayrildi...
Serialning birinchi fasli aktyor Barun Sobtining loyihadan ketishi bilan yakunlangandi. Oradan bir necha yil o`tib, ko`p sonli muxlislarning talablariga ko`ra teleasarning davomini suratga olish ishlari boshlandi. Ma`lumotlarga ko`ra Arnav rolini aktyor Virafa Firoza Patelya ijro etgan. Haqiqatan ham shundaymi yoki yo`qmi, serialning ikkinchi faslida bilib olamiz. Hozircha esa qadrdon qahramonlarimizni nimalar kutayotgani haqida suhbatlashsak...
  
•  Guptalar xonadoniga tashrif buyurgan Daadi, Kxushini nikohsiz yashayotganlikda ayblaydi.  Garima Kxushiga tarsaki tushiradi. 
•  Daadi Garima bilan yuzma – yuz uchrashishni ixtiyor etadi. Arnav buvisini tinchlantirishga urinib, Kxushi asrab olingan farzand ekanligi, ota – onasi vafot etganini so`zlab beradi. 
•  Garima Daadidan o`zini olib qochayapti. Ammo nimaga? Buvisining qistovi bilan Arnav uylanayapti. To`ydan avval kelinni ko`rish mumkin emas deyishsada, Arnav Kxushi bilan uchrashadi. 
•   Shashining betobligini bahona qilib, Garima unashtiruv marosimiga bormaydi. Arnav sevgilisi uchun barcha rasm-rusumlarni bajaradi. Shyam  Shantivanga bildirmay kirib oladi. U yana nimalarni reja qilayapti deysizmi? Tez fursatda bilib olamiz. 
•  Shashi uchun hamshira yollashga ahd qilgan Arnav, Garimaning puja marosimida ishtirok etishini iltimoq qiladi. Ammo Garima bunga rozi bo`larmikan? Axir u Daadi bilan to`qnash kelishni istamayapti. Arnav Shyamning nomiga yozilgan to`lov hujjatini topib oladi. Shartnomsaga  ko`ra kuzatuv moslamalari buyurilgandi. 
•  Garima Daadini ko`rib qolgach, uyga qaytadi. Oila a`zolarining ibodatxonaga ketganidan foydalanib, Anjali Shyamni Shantivanga chaqiradi. Shyam yashirinchi uchrashuvlardan zerikkanini aytib, norozi bo`ladi. 
•  Shyamning kelgani sirligicha qolishi kerak edi. Ammo Daadi uning uyali telefonini topib oladi. Shifokor buyurgan dorilarni ko`rib chiqqan Shyam Anjalining sog`ligiga nojo`ya ta`sir qiladiganini tavsiya qiladi. Nahot u o`z farzandining qotiligi aylansa?! 
•  Daadining ishonchiga kirgan Shyam, uyga qaytishi uchun yordam berishini so`raydi. Kxushi Arnav bilan qahvaxonada uchrashishga kelishishadi. Shyam va Anjali ham xuddi shu erda ko`rishmoqchi edilar.
•  Shyam rafiqasiga taqinchoq sovg`a qiladi. Anjali nikoh marosimida ishtirok etishini so`raydi. Shyam bir shart bilan rozi bo`ladi. Nahotki Shyamni hech kim tanimasa?
•   «O`tmishda bo`lib o`tgan voqealarni eslagim kelmayapti» deya buvisi bilan suhbatlashayotgan Arnavning gaplarini Garima eshitib qoladi. Tashqi ko`rinishini o`zgartirgan Shyam  maydalangan shisha parchalarini Anjali xonasining atrofiga sochib chiqadi. 
•   Arnav Shyamni tanib qoldi. Buni bilgan Anjali xona chirog`ini yoqadi. Manorama chiroqni o`chirib, Garimani Daadiga tanishtiradi. Garimaning qanday siri borki, Daadidan xavfsirayapti? Shisha bo`laklarini sochib chiqqach, Shyam Anjalining poyabzalini yashirib qo`yadi va zudlik bilan uchrashishimiz kerak deb belgi beradi.
•  Erining oldiga oshiqqan Anjali shisha bo`laklari zarbidan muvozanatini yo`qotadi. Shyamning rejasi ish berib, zinadan qulayotgan Anjalini tok uradi. Zudlik bilan etib kelgan tez yordam xodimlari Anjalini kasalxonaga olib ketishadi. Ona va bola hayoti xavfda qoladimi?
•  Homilasidan ajralgan Anjali qattiq iztirobda. Tug`ilmay nobud bo`lgan farzandi uchun o`zini kuyinayotgandek qilib tutayotgan Shyam shu bahona Shantivanga qaytishni o`ylaydi. Arnav bu ishda Shyamning qo`li borligini gumon qiladi ammo unga hech kim ishonmaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!