Chempionlar ligasi hafta ramziy termasi e`lon qilindi

10:29, 29 aprel

Evropa Chempionlar ligasi yarim final uchrashuvlari bo`lib o`tdi. “Manchester Siti” o`z maydonida “Real” bilan 0:0 hisobida durang o`ynagan bo`lsa, “Atletiko” o`z uyida “Bavariya”ni 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

UEFA EChL yarim final uchrashuvlari yakuniga etgach, ushbu bosqichning ramziy terma jamoasini e`lon qildi. Ushbu termadan yorqin o`yinlari va xatti-harakatlari bilan ajralib turgan futbolchilar joy olishdi. 

Darvozabon: Jo Xart («Manchester Siti»).
Himoyachilar: Filipe Luis («Atletiko»), Pepe («Real»), Vensan Kompani («Manchester Siti»), Xuanfran («Atletiko»).
Yarim himoyachilar: Karlos Kasemiro («Real»), Augusto Fernandes («Atletiko»), Fernandino («Manchester Siti»), Saul («Atletiko»).
Hujumchilar: Antuan Grizmann («Atletiko»), Fernando Torres («Atletiko»).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!