Shanxay aeroportida yong`in sodir bo`ldi. Qurbonlar bor

10:45, 29 aprel

Shanxayning "Xunsyao" aeroportida yuz bergan yong`inda kamida ikki kishi halok bo`ldi. "Sina" yangiliklar portalining xabar berishicha, yana uch kishi jabrlangan.

Yong`in aeroportning ta`mirlash ishlari olib borilayotgan er osti qavatlaridan birida sodir bo`lgan. Halokat joyida o`t o`chiruvchilar va polisiyachilar ishlashmoqda.

Barcha jabrlanganlar kasalxonaga etkazilgan. Yo`lovchilarning evakuasiyasi va aviareyslarning bekor qilinganligi haqida ma`lumotlar yo`q.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!