Kanizani “Istiqlol”dan kuyov olib ketdi (Foto)

12:20, 29 aprel

Xonanda Kaniza kecha, 28-aprel kuni “Istiqlol” san`at saroyida o`zining ilk va ma`lumotlarga ko`ra so`nggi yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. 

Kaniza konsert dasturida o`zining tavallud ayyomi hamda nikoh to`yini nishonlashini ma`lum qilgandi.

Saroyga kirib kelayotgan mehmonlarga Kanizaning nikoh patirlari hamda sovg`alari ulashildi.

Xonandaning aksariyat hamkasblari uni tavallud ayyom bilan sahnada tabriklashdi.

Kaniza dasturdan so`ng “Istiqlol”ni kuyov bilan tark etdi.

Quyida konsert dasturidan tayyorlangan fotoreportajni e`tiboringizga havola etamiz. 

      

Kaniza konsertidan batafsil reportaj va uning turmush o`rtog`i bilan tushgan fotosuratlari esa “Darakchi” gazetasining kelgusi sonida chop etiladi.

Fotomuhbir Islom Ro'ziyev

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!