KXDR sudi AQSh fuqarosini josuslikda ayblab, 10 yil qamoq jazosiga hukm qildi

12:37, 29 aprel

KXDR sudi koreys millatiga mansub bo`lgan AQSh fuqarosi Kim Don Chxolni josuslikda, mamlakat siyosiy tuzumiga qarshilikda ayblab, 10 yil qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

62 yoshli Kim Don Chxolning yonidan Shimoliy Koreyaning yadro dasturi haqidagi ma`lumotlari saqlangan fleshka topilgach, 2015 yilning oktyabr oyida qo`lga olingan edi. 29 aprel kuni o`tkazilgan matbuot anjumanida u Janubiy Koreya hukumatining topshirig`i bilan bu vazifani bajarganligini, evaziga katta mukofot puli olmoqchi bo`lganligini tan oldi. Kim Don Chxolning yonidan bundan tashqari KXDR fuqarolarining og`ir ahvolda yashashi tasvirlangan suratlar ham topilgan. Mart oyining oxirida Kim Don Chxol o`zining bu ishidan pushaymon ekanligini bildirib, hukumatdan ko`zda yosh bilan kechirim so`ragan edi. 

U 19 yoshigacha Seulda yashagan, keyinchalik AQShning Virjiniya shtatiga ko`chib ketgan va o`sha erda oliy ma`lumot olib, mamlakat fuqaroligini qabul qilgan. U 2015 yilda KXDRga tadbirkorlik va xayriya ishlarini amalga oshirishuvchi inson niqobi ostida kirib kelgan. Bu AQSh fuqarosining KXDRga qarshi qilgan ilk jinoyati emas. 2013 yilda koreys millatiga mansub Kennet Bey ismli amerikalik missioner ham KXDR hukumatiga qarshi fitna uyushtirganlikda ayblanib, 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!