Xiyonatga olib keluvchi 7 sabab

12:50, 29 aprel

Ikki sevishgan qalb birlashar ekan, ular bir-birining mehr-muhabbatiga, qo`llab-quvvatlashiga muhtoj bo`ladi. Juftlardan birining ojizlik qilib, xiyonat qilishiga nima sabab bo`ladi? Hatto hamma ideal juftlik deb havas qiladigan oilalar ham vaqti kelib, xiyonatni boshdan kechirishi mumkin. Buning asosiy omillarini “fashionstylist.kupivip.ru” nashri sanab o`tdi. 

Ota-onaning xohishi bilan turmush qurish

Ota-ona tavsiyasi bilan turmush qurganlarning hammasi ham baxtsiz bo`ladi, degan fikrdan yiroqmiz. Ota-ona hech qachon farzandiga yomonlikni ravo ko`rmaydi. Ammo ba`zan ko`ngli bo`lmagan odam bilan turmush qurish, xiyonatga sabab bo`ladi. Chunki bunday odam haqiqiy his-tuyg`ularni chekkadan izlaydi va oilada o`zini baxtsiz his qiladi.

Sarguzasht izlash

Er-xotin o`rtasidagi his-tuyg`ular vaqt o`tishi bilan so`nib boradi, natijada inson begona odamdan mehr-muhabbat izlay boshlaydi. Bunday paytda juftlik o`rtalaridagi munosabatlarni yangilashga harakat qilishi lozim, agar bunga bir kishi intiladigan bo`lsa, ikkinchi juft hech narsani o`zgartirishni xohlamasa, xiyonat yuz beradi. 

E`tibordan chetda qolish

Bunga juftlardan birining e`tiborsizligi sabab bo`ladi. Vaziyat turlicha ko`rinishda bo`lishi mumkin: er yoki xotinning uzoq vaqt kasal bo`lib yotishi, uzoq muddat birga bo`lmasligi, tez-tez janjallashishlar va hokazolar. Ko`p hollarda erkaklar rafiqasi homiladorlik paytida va tug`ruqxonada yotganida xiyonat qilishga moyil bo`lishadi.

Lahzalik qiziqish

Inson bir ko`rishda yoqtirib qolishdan himoyalanmagan. Jinsidan qat`i nazar, erkakmi, ayolmi bir umr orzu qilgan, idealidagi odamni uchratib qolsa, o`sha odamga nisbatan unda qiziqish paydo bo`ladi, u bir lahzaga oilasini unutishi mumkin. Ayniqsa uyda turmush o`rtog`i “mendan boshqa kimga keraksan?”, “qo`lingdan hech nima kelmaydi” degan gaplarni tez-tez takrorlaydigan bo`lsa, xiyonat yuz berishi tayin. Ammo oradan ma`lum muddat o`tgach, oilaparvar insonning xiyonatdan vijdoni qiynaladi, ammo bir lahzalik baxtli onlarini esidan chiqarmaydi.

Oiladagi ixtiloflar

Oilada shunday vaziyatlar yuzaga keladiki, endi er-xotinning birga, bitta uyda yashashi mumkin bo`lmay qoladi. Ular farzandlarini o`ylab, ajrashishmaydi. Bunday er-xotinlarning har biri kimnidir sevishni, kimgadir kerakli bo`lishni, mehr-muhabbatni his etishni istaydi. Shu tufayli xiyonat deb hisoblangan narsa yangi munosabatlarning, yangi oilaning yuzaga kelishiga sabab bo`ladi.

Javobsiz sevgi

Agar juftlardan biri qattiq sevsa-yu, ikkinchisi bunga bee`tibor bo`lsa, javobsiz his-tuyg`ularning o`rnini to`ldirish uchun sevgan inson chekkadan muhabbatini izlaydi va xiyonat qiladi. 

Qasd olish uchun xiyonat qilish

Er-xotindan biri juftining xiyonatini sezib qolsa, qalbidagi nafrat hissini xiyonat bilan bosmoqchi bo`ladi. U juftini yomon ahvolga solish, o`zining dardini tushuntirish uchun har qanday gunohga tayyor bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!