Toshkentda Captiva haydab ketayotgan kelinning surati muhokamalarga sabab bo`ldi

12:52, 29 aprel

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri ko`chalaridan birida boshiga fata taqib Captiva avtomobilini boshqarib ketayotgan qizning surati keng muhokama qilinmoqda. 

Mazkur surat Facebook`dagi “Voditeli Tashkenta” guruhiga joylanganidan so`ng internet foydalanuvchilari uni qizg`in muhokama qilishga kirishib ketdi.

“Qochoq kelin”, deb nomladi ishtirokchilardan biri mazkur suratni. 

“Men ham to`yim kuni go`zallik salonidan o`z shaxsiy avtomobilimda qaytganman. Svetoforning qizil chirog`iga to`xtaganimda, hamma menga qaragandi. O`shanda meni salondan olib ketishga hech kimning vaqti yo`q edi”,—deya o`z fikri bilan bo`lishdi yana bir foydalanuvchi.

Guruhning ayol haydovchi ishtirokchilari qizning mazkur xatti-harakatiga ijobiy baho berdi:

“Ofarin!!! Ammo to`ydan keyin o`zingizni mushkul vazifalar, xususan erkaklar kishining vazifasi bilan qiynamang. To`ydan keyin turmush o`rtog`ingiz olib yursin”

“Buning hayratlanarli joyi yo`q. Kelin salondan qaytyapti. Men hatto kelin ko`ylakda mashina haydaganman. Yo`l-yo`lakay shu ko`rinishimda kuyov uchun salla ham olib kelganman.”

Bugun zamona zayli bilan qizlarning avtomobil boshqarishlari odatiy hol sanaladi. Bu qiz ham bugun o`zining hayotidagi unutilmas kunni nishonlayotgani ko`rinib turibdi, fursatdan foydalanib, ijodiy jamoamiz kelinga bitmas-tuganmas baxt tilab qolamiz!

Muhokamaga kelinning tanishlari ham qo`shilib, “Bu mening dugonam, bugun uning to`yi. Men bu erda hech qanday g`ayrioddiy holatni ko`rmayapman”, deya o`z e`tirozini yozib qoldirdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!