Malayziyada inson qiyofasidagi uloqcha tug`ildi

14:07, 29 aprel

Malayziyalik 63 yoshli fermer Ibrohim Basirning uyida yuzi inson yuzini eslatuvchi uloqcha dunyoga keldi, deb xabar berdi “Vesti” nashri. Ibrohim Basir bu voqeadan hayron, qolaversa, inson qiyofali tuyoqli jonivorning birinchi marta tug`ilishi emas.  

“Uloqcha echki bolasidan ko`ra, ko`proq tanasi jun bilan qoplangan inson bolasini eslatadi. Tumshug`i o`rnida odam burnini, ko`zini eslatadigan a`zolari mavjud”, —dedi Ibrohim Basir. 

Erkak uloqchani veterinarlarga ko`rsatganda, ular ham bu voqeaga izoh berolmagan. Afsuski, uloqchaning hayotini saqlab qolishning iloji bo`lmagan. U tug`ilgandan keyin atigi bir necha daqiqa yashagan. G`ayrioddiy uloqcha haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqalganligi sababli, uloqchaning jasadini sotib olmoqchi bo`lgan qiziquvchilarning soni ko`payib ketgan. Ammo fermer g`aroyib uloqchaning jasadini tadqiqot ishlarini o`tkazish uchun mutaxassislarga topshirgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!