Xitoyliklar “Chelsi” yarim himoyachisi uchun 65 mln evro sarflashga tayyor

15:55, 29 aprel

Osiyoning eng kuchli futbol klublaridan biri, OChLning amaldagi sohibi Xitoyning “Guanchjou Evergrand” jamoasi “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Villianni sotib olish harakatida yuribdi

Mirror nashrining ma`lum qilishicha, “Guanchjou Evergrand” braziliyalik futbolchi uchun 65 mln evro sarflashga tayyor. Lekin “Chelsi” rahbariyati Villianni jamoaning etakchi futbolchilaridan biri sifatida e`tirof etib, unga haftasiga 155 ming funtlik maosh va yangilangan shartnoma taklif qilishni rejalashtirgan. 

Xitoyliklar esa Villianga bundanda ko`proq maosh bermoqchi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!